Rossiya Federatsiyasi bilan yo‘lovchi poyezdlarning harakati qayta tiklanmoqda
2022-yil 23-iyundan boshlab 5/6-sonli “Toshkent – Samara – Toshkent” yo’nalishida yo‘lovchi poyezdining harakatlanishi boshlanadi.
5/6-sonli “Toshkent – Samara – Toshkent” poyezdi haftaning payshanba kuni soat 19:05da “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidan jo'nab ketadi va shanba kuni soat 18:14da Rossiya Federatsiyasining “Samara” temir yo‘l vokzaliga yetib boradi. Shuningdek, Samaradan yakshanba kuni soat 16:11da jo‘nab ketib, “Toshkent-Markaziy” vokzaliga seshanba kuni soat 16:56da yetib keladi.
Yolovchilar diqqatiga! Yangi yo‘nalish!
2022-yil 20-iyundan boshlab 301/302-sonli “Dushanbe – Toshkent — Dushanbe” yo’nalishida yo‘lovchi poyezdi harakatlanishni boshlaydi.
Mazkur poyezd Dushanbedan haftaning dushanba kunlari jo'nab ketadi va seshanba kunlari soat 13:43da Toshkentga yetib keladi.
Yo‘lovchilar murojaatiga izoh
Ijtimoiy tarmoq sahifalarida “Toshkent – Shahrisabz” yo‘nalishidagi poyezdlarga chipta topish muammosi mavjudligi haqida xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur masala bo‘yicha yo‘lovchilarni temir yo‘l orqali tashish bilan faoliyat yurituvchi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan quyidagicha oydinlik kiritildi.
Temiryo‘lchilar va bojxona xodimlari hamkorlikda yangi elektron tizim jihatlarini o‘rganishmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-122-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan 2022 yil 25 may Davlat Bojxona Qo‘mitasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning qo‘shma chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan va unga ko‘ra “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan bojxona xodimlari uchun temir yo‘lda halqaro yuk va yo‘lovchilar tashish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish belgilangan.