2019 yilning 15 mart kunidan 2020 yilning 24 mart kuniga qadar “Toshkent – Shahrisabz – Toshkent” yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari o‘z qatnovlarini amalga oshirib kelgan. Ushbu bir yil davrida harakatlangan yo‘lovchilar oqimi tahlil qilinganda, Shahrisabzdan Toshkent shahriga keluvchi hamda Toshkent shahridan Shahrisabzga boruvchi yo‘lovchilar soni juda kamligi sababli (umumiy yo‘lovchilaning bir foizga ham yetmaydi), mazkur poyezd qatnovi Qarshi shahriga qadar qisqartirilgan va 2020 yilda karantin choralari yumshatilganidan so‘ng poyezd “Toshkent – Qarshi – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanishni boshlagan.
Joriy yil aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting berilgan topshiriqlariga asosan 2022 yil may oyidan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlar harakati “Toshkent – Shahrisabz – Toshkent” yo‘nalishida qayta tinklandi va haftaning har shanba va yakshanba kunlari amalga oshirib kelindi. Joriy yil 25 iyundan boshlab suhbu poyezd Shahrisabizgacha faqat yo‘lovchilar soni ko‘p bo‘lgan yakshanba kuni boradi. Xaftaning boshqa kunlarida esa yo‘lovchilar soni juda ham kam bo‘lmoqda.
Shu o‘rinda qayd etish lozim, 6317/6318-sonli "Qarshi – Shahrisabz – Qarshi" yo‘nalishida har kuni shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi mavjud.
“Toshkent – Shahrisabz – Toshkent” yo‘nalishda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdidagi joylar soni 286 tani tashkil etadi va chiptalar erkin savdoga 45 kun oldin chiqariladi. Poyezd jo‘nashiga sanoqli kun qolganida, talabi yuqori bulgan chiptalarni rasmiylashtirish (sotib olish) ehtimoli kam va shu o‘rinda, safarinni imkon qadar oldinroq rejalashtirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida temir yo‘l kassalariga bormasdan www.chipta.railway.uz yoki www.e-ticket.railway.uz saytlari orqali elektron chipta xarid qilish imkoniyati yaratilgan.
IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami,joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.